UZ RU
21.08.2015

Bolalarda tug'ma maymoqlikni davolash usuli

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish instituti xodimlari bolalarda tug'ma maymoqlikni davolash usuli taklif etdilar.

Ushbu taklif etilgan usul travmatologiya va ortopediyada, aynan, tug'ma maymoqlikda jarrohlik aralashuvlarida foydalanish uchun mo'ljallangan. Uning vazifasi jarohatlilik va operasiyadan keyingi asoratlarni kamaytirishdan iborat.

Mualliflar ushbu usulga patent olish uchun № IAP 2014 0033 raqamli talabnoma topshirdilar.

Манба: ima.uz