06.08.2015

Neyroxirurgik retraktor

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazi olimlari "Neyroxirurgik retraktor" qurilmasini yaratdilar.

Ushbu model tibbiyot, tibbiy texnika va neyroxirurgiya sohasida foydalanish uchun mo'ljallangan. Qurilmaning vazifasi neyroxirurgik operasiyani amalga oshirishda qulaylik yaratishdan iborat.

Mualliflar - U.U.Altibayev, U.M.Asadullayev va G.M.Kariyevga mazkur foydali model uchun № FAP 01009 raqamli patent berildi.

Манба: ima.uz